Uni Mehrishoh deb atashardi. Mehrishoh haqiqatan Gruziyada tug‘ilib o‘sgan. Qandaydir tasodif bilan usmoniylar imperiyasi bosh saroyi To‘pqopiga kelib qolgan. Aslida esa bu ayolning ismi Agness bo‘lib, otasi ruhoniylardan edi. To‘pqopiga kelib tushgach, unga Mehrishoh deya ism berishdi. Sulton haramida uzoq qolib ketmadi. Tez orada, aniqrog‘i, 1760 yili usmoniylar imperiyasining navbatdagi sultoni Mustafo III nazariga tushdi.
O‘sha yiliyoq sulton Mehrishohni nikohiga oldi. Ammo 10 yil sulton bilan birga yashab unga merosxo‘r shahzodani hadya eta olmadi. Ketma-ket qizlar tug‘ilaverdi. O‘n birinchi yilga o‘tgachgina xudo uni yarlaqadi shekilli, Mehrishoh nihoyat podshohga merosxo‘r shahzoda tug‘ib berdi. Shahzodaga Salim deya ism berishdi. Baxtga qarshi, Mustafo III 1779 yili olamdan o‘tib qoldi. Salim u vaqtda juda yosh edi. Shuning uchun Mehrishoh imperiya boshqaruvini regent sifatida o‘z qo‘liga oldi. Hukmronligi davrida Istambul shahri infrastrukturasi rivojiga alohida e’tibor qaratdi. Kasalxonalar, maktablar, hammomlar, machitlar bunyod etdi. Jumladan, «Volida Mehrishoh» deb nomlangan kompleksni ham qurdirdi. Keyinchalik qazo qilgach, Mehrishohni xuddi o‘sha kompleks ichkarisiga dafn etishdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi