Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan Afg‘oniston shimoliy tumanida 3 aprel kuni «Tolibon» harakatining 500 nafar jangarisi hujum qilganidan so‘ng, kamida 50 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi davom etayotgan janglar tufayli o‘ldirildi yoki yaralandi. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.
Toliblar Bola-Murg‘ob tumanidagi bir nechta nazorat-o‘tkazish punktini egallab olishdi, deya xabar berdi G‘arbiy Badgis viloyati kengashi rahbari Abdul Azizbek. U halok bo‘lganlar sonini tasdiqladi. Toliblar vakili Zabixullo Mo‘jahidning bayonotda ma’lum qilishicha, o‘nlab afg‘on askarlari o‘ldirilgan va yaralangan.
Jangovar harakatlar uyezd ma’muriy markazida kuzatilmoqda, politsiya shtabi hamda Afg‘on milliy armiyasi mahalliy bazasi egallab olinishi mumkin. Shuningdek, jangarilar nazorat punktlariga hujumni davom ettirmoqda, ulardan bir nechtasi isyonchilar tomonidan qo‘lga kiritildi, deya xabar beradi Tolonews afg‘on telekanali.
«Tolibon» o‘zining odatiy bahorgi hujumi doirasida hujumlar yangi to‘lqinini boshladi. Bu harakat rahbariyati AQSh bilan 18 yillik mojaroga yakun yasash maqsadida tinch muzokaralarni davom ettirayotganiga qaramay kuzatilmoqda, deya qayd etadi Bloomberg.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi