06:35 / 08.04.2019
2 753

Rossiya harbiylari parapsixologiyaga ishonar ekan

Rossiya harbiylari parapsixologiyaga ishonar ekan
Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy jurnali Armeyskiy sbornik rus harbiylari parapsixologiya metodlaridan foydalanayotgani, bu metod orqali dushmanning fikrini o‘qish, kompyuter dasturlarini buzish mumkinligi haqida maqola e’lon qilgan deb yozadi Minbar.uz nashri.

Unda aytilishicha, parapsixologiyani yaxshi o‘zlashtirgan odam ovoz chiqarmasdan raqibini so‘roq qila oladi: u kim, nimani o‘ylayapti, nimani biladi, bilmaydi hammasini bilib olishi mumkin. Parapsixologik metodlar orqali olingan javoblar 100 foiz to‘g‘ri bo‘lar emish. Fikriy ta’sir orqali telekommunikatsiya vositalari ishiga ta’sir qilish, dushman suhbatlarini tinglash mumkin bo‘lar ekan.

Hattoki bu metodlar orqali askarlar chet tilini tezda o‘rganishi, yarador bo‘lgan sherigiga yordam ko‘rsatishi, dushmanning pistirmasini avvaldan bilishi, yashiringan joyini topishi mumkin emish.

Maqola muallifining iddaosicha, rus mutaxassislari delfinlar bilan ishlab, telepatiyani ham o‘zlashtirib olganmish.

"Soldatы Rossii" jurnali tahlil bo‘limi boshlig‘i Anatoliy Matveychuk parapsixologiya to‘qima emasligi, u bilan ishlash hozir ham davom etayotganini aytgan.

Harbiy parapsixologiya yashashga haqli. 1960-1980 yillarda u ancha rivojlangandi. Bu metod SSSR Fanlar akademiyasi tomonidan insonning o‘ziga xosliklarini o‘rganish uchun ishlab chiqilgan. SSSR Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i rahbarligida bir guruh mutaxassislar shu loyiha ustida ishlagan, - degan u.

Rossiya Fanlar akademiyasi parapsixologiyani soxta fan deb hisoblaydi

Rossiya Fanlar akademiyasi prezidiumi qoshidagi soxta fanga qarshi kurash komissiyasi raisi Yevgeniy Aleksandrov harbiy parapsixologiya uydirma va soxtaligi tan olib bo‘lingan deb aytgan.

Bunaqa tadqiqotlar maxfiy tarzda o‘tkazilgan. Hozir endi ma’lum bo‘layapti. Bu kabi tadqiqotlar dunyoning aksar davlatlarida soxta fan deb tan olingan. Borib turgan bema’nilik. Hech qanday parapsixologiya mavjud emas, hammasi cho‘pchak. Fikrni masofadan uzatish haqidagi gaplar ilmiy asosga ega emas. Birorta ham bunday holat kuzatilmagan, bu shunchaki imkonsiz. Bu davlat byudjetini kemirish yo‘li, xolos, - deydi Yevgeniy Aleksandrov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya harbiylari parapsixologiyaga ishonar ekan