Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymasligi haqida OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotga izoh berdi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.
OAVda uning yordamchisi Saula Mustafoyeva tomonidan berilgan xabar tarqaldi. Unda parlament senati spikeri Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Respublikasi prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayotgani haqida aytiladi.
- Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq mamlakatning istalgan fuqarosi o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin. Siyosiy partiyalar ilgari suriladigan nomzodlar bo‘yicha qaror qabul qiladi, - deya izoh bergan Darig‘a Nazarboyeva tarqalgan ma’lumotga.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, saylovlar natijasi Qozog‘iston xalqiga bog‘liq bo‘lib, hammasi qonun doirasida bo‘lishi kerak.
Biroq, Darig‘a Nazarboyeva partiya unga saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surish bo‘yicha taklif bilan chiqsa, uni qabul qilishi yoki rad etishi masalasiga oydinlik kiritmadi.
Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni iste’foga chiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bo‘lgan Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbariga aylandi. Prezidentning vakolat muddati 2020 yil o‘z yakuniga yetadi. Seshanba kuni To‘qayev respublika prezidenti lavozimi uchun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi