15:43 / 18.04.2019
3 503

Kraystcherchlik bangi teraktdan so‘ng Islomni qabul qildi

Kraystcherchlik bangi teraktdan so‘ng Islomni qabul qildi
Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida yashovchi Shey Kenni masjidlardagi teraktdan keyin Islomni qabul qildi va hayoti butkul o‘zgardi, deya xabar bermoqda Azon.uz nashri.
Endi uning ismi – Muso. Bir oy muqaddam u uysiz giyohvand edi.

“Men Islom – bu davlatning nomi deb o‘ylagan va uni xaritadan topa olmagan edim, – deydi Muso. – Hozir buni aytayotib o‘shanda qanchalar ahmoq bo‘lganimni his qilyapman”.
Terakt qurbonlaridan birining janozasiga kelishi uning hayotida burilish yasadi: yuragida “nimadir uyg‘ondi” va musulmon bo‘lishga qaror qildi.
“Men hayotimda hech qachon shunchalik mehr-muhabbat va huzurni ko‘rmaganman”, – deydi u.

Endi Muso aksar vaqtini “An-Nur” masjidida o‘tkazyapti, avvalgidek ko‘chada emas, boshpanasizlar uchun mo‘ljallangan markazda yashayapti.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kraystcherchlik bangi teraktdan so‘ng Islomni qabul qildi