13:30 / 22.04.2019
5 991

Gitlerning ommaga noma’lum fotosuratlari topildi

Gitlerning ommaga noma’lum fotosuratlari topildi
AQSh arxiv va hujjatlar milliy boshqarmasi mutaxassisi Richard Shnayder Adolf Gitlerning 1270 dan ortiq suratlarini e’lon qildi, deya xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri.
Ushbu suratlar Gitlerning shaxsiy fotosuratchisi Genrix Gofman tomonidan tarixga muhrlangan.

Shnayder Gitlerning tasviri tushirilgan 41 mingdan ortiq shisha, fotoplastinkalarni qo‘ldan o‘tkazgan, ammo ularning ko‘plarini tiklay olmagan. Oqibatda Gitlerning noyob va ilgari noma’lum bo‘lgan suratlari tiklangan.

Xususan, fyurerning nemis ovcharkasi bilan suratga tushgan rasmi topilgan. Fotosurat 1923 yilga tegishli.
Gitlerning ushbu suratlari tez orada Internet tarmog‘iga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gitlerning ommaga noma’lum fotosuratlari topildi