Nur Otan partiyasi raisi Nursulton Nazarboyev Qosim-Jomart Toqayevni Qozog‘iston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
"Yangi rahbariyatga xalqning yuksak ishonchi bo‘ladi. Partiya raisi sifatida Qosim-Jomart Toqayev nomzodini ko‘rib chiqish uchun taklif etaman. Senat raisi sifatida u parlamentarizm taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U o‘tgan yillar davomida mening sodiq tarafdorim bo‘lib keldi", - dedi Nursulton Nazarboyev Nur Otan’ning navbatdan tashqari XIX qurultoyida.
Qurultoyda barcha darajadagi deputatlar, siyosiy kengash a’zolari, partiya faxriylari, mintaqaviy filiallar, birlamchi partiya tashkilotlari vakillari va “Jas Otan” yoshlar qanoti faollari ishtirok etmoqda.
Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning amaldagi prezidenti sanaladi. Aprel oyi boshlarida davlat rahbari 9 iyun kuni mamlakatda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi haqida e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi