11:41 / 25.04.2019
4 069

Amerikalik pop musiqachi qanday qilib musulmon bo‘ldi?

Amerikalik pop musiqachi qanday qilib musulmon bo‘ldi?
Nasroniy oilada tug‘ilib-o‘sgan va hayoti davomida faqat musiqa bilan shug‘ullanib kelgan amerikalik mashhur pop-musiqachi Della Maylis islom dinini qabul qildi, deb xabar beradi Islom.uz Habertürk nashriga tayangan holda.

Nashr muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda u qanday qilib islom dinini qabul qilganini shunday izohlagan:
“Shu kunlarda men uchta davlatda istiqomat qilaman, Bular AQSh, Germaniya va Turkiya. Aytishim mumkinki, bular orasida Turkiya menga juda yoqadi. Musulmon bo‘lish rejamda yo‘q edi. Turkiyaga har doimgi kelgan edim. Musulmonlarning harakatlari, yashash tarzlari va ko‘rgan narslarim meni befarq qoldirmadi, ular meni tanlashdi. Shu sababli islom meni tanladi, deb o‘ylayman. Agar ichingizda bu narsa tug‘ilmasa “Men tanladim” deyish qiyin. Bunday paytda sizga o‘xshagan musulmonlarning harakatlari sizni tanlaydi. Men esa faqat uni qabul qila olaman.

Menga islomni qabul qilishimga ilhom bergan musulmon birodarlarimda shuni ko‘rdim: qish kunlarining birida yo‘l chetida oyoq kiyimi yo‘q bir odamni shu musulmon do‘stim do‘konga olib borib, paypoq va poyafzal olib berdi. Boshqa bir musulmon do‘stim esa sovuqda yo‘l chetida futbolkada o‘tirgan odamni ko‘rib, ustidagi issiq jemferini yechib berdi. Ular bu ishlarini evaziga hech narsa kutmasdan qilishdi... Musulmon degani shu edi. AQSh fuqarosi bo‘lganimdan faxrlanaman. U yerda ham musulmonlar bor. Lekin men Islomni AQShda o‘rganmadim. Men Islomni Allohning taqdiri bilan Turkiyada o‘rgandim” deydi Della Maylis.

Della Maylisning onasi kalisoda pianino chaladi. Otasi esa jaz klubini yuritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik pop musiqachi qanday qilib musulmon bo‘ldi?