12:03 / 01.05.2019
4 644

Biologlar ilk “umrboqiy mavjudot”ni aniqlashdi

Biologlar ilk “umrboqiy mavjudot”ni aniqlashdi
Biologlar ilk umrboqiy mavjudotni aniqlashdi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz nashri.

Oʻlmaydigan mavjudot maqomi fan tilida Turritopsis nutricula meduzaga tegishli boʻlib, uning kattaligi bor-yoʻgʻi 3-5 santimetrdir. Ushbu meduza turi oʻzini yoshartirish xususiyatiga ega. Uning organizmi katta yoshli holatga kelgach, dengiz tubiga choʻkadi va xitin qobigʻiga oʻraladi. Soʻngra u oʻsimtaga aylanadi.

Xitin qobigʻi ostida meduzaning barcha hujayralari butunlay yangilanadi va u rivojlanishining dastlabki holatiga qaytadi. Keyin esa meduza qobiqni yorib chiqib, to keksaymaguncha yashashda davom eatdi. Shundan soʻng jarayon yana takrorlanadi. Ushbu yosharish jarayoni sanoqsiz martalab qaytarilishi mumkin.

Hozirda olimlar ushbu fenomenni oʻrganishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Biologlar ilk “umrboqiy mavjudot”ni aniqlashdi