BAA vitse-prezidenti va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtumning uch o‘g‘li 15 may kuni nikoh qurdi.
16 may kuni BAAning ommaviy axborot vositalari davlat boshqarmasi Dubay hukmdorining uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurganini rasman tasdiqladi.
Dubai Media Office’ning xabar berishicha, aka-ukalardan to‘ng‘ichi, Dubay valiahd shahzodasi, 36 yoshli shayx Hamdan bin Muhammad Al Maqtum Shayxa bint Said bin Soni Al Maqtum bilan nikoh qurdi.
35 yoshli Shayx Maqtum bin Muhammad Al Maqtum esa shayxa Mariam bint Buti Al Maqtumga, 32 yoshli Ahmad bin Muhammad Al Maqtum shayxa Midya bint Dalmuj Al Maqtumga uylangan.
Ma’lum qilinishicha, shariatga ko‘ra barcha uch juftlik nikoh shartnomalarini imzolagan 15 maydan boshlab qonuniy nikoh qurgan hisoblanadi, biroq to‘y tantanalari hali oldinda.
Amirliklar ijtimoiy tarmoqlarida shahzodalarning nikoh qurgani haqidagi yangilikdan ko‘ra Dubay valiahd shahzodasining bo‘lg‘usi rafiqasi bilan yoshliklarida tushgan suratlari ko‘proq tahsinga sazovor bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda