21:00 / 14.06.2019
4 958

Italiyalik aktrisa Ornella Muti Putin bilan kechki ovqati uchun qamoqqa olinadi

Foto: Rambler
Italiyalik aktrisa Ornella Muti 2010 yilda soxta tibbiy ma’lumotnoma taqdim etgani uchun olti oyga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Italiya Kassatsion sudi appelyatsion sudning 2017 yilgi hukmini o‘zgarishsiz qoldirgan.

Qayd etilishicha, 2010 yilda Muti uning ishtirokida spektakl o‘tkazilishi kerak bo‘lgan teartga soxta tibbiy ma’lumotnoma taqdim etgan. O‘sha kuni aktrisa prezident Vladimir Putin tashrif buyurgan Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan xayriya kechki ovqatiga borgan.

Teatr rahbariyati Muti soxta ma’lumotnoma taqdim etgani va unga to‘langan gonorarni qoplashni talab qilib sudga murojaat qilgan. Sud qaroriga ko‘ra, aktrisa 30 ming yevro miqdorida jarima to‘lasa, ozodlikdan mahrum etish jazosidan qutulib qolishi mumkin.

Aktrisa sodir bo‘lgan voqea yuzasidan uzr so‘ragan. U laringofaringit sababli teatrda chiqa olmaganini, Sankt-Peterburgdagi kechgi ovqatda esa gapirish ham zarur bo‘lmaganini aytgan.
Italiyalik aktrisa Ornella Muti 2010 yilda soxta tibbiy ma’lumotnoma taqdim etgani uchun olti oyga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Rambler xabar berdi.

Italiya Kassatsion sudi appelyatsion sudning 2017 yilgi hukmini o‘zgarishsiz qoldirgan.

Qayd etilishicha, 2010 yilda Muti uning ishtirokida spektakl o‘tkazilishi kerak bo‘lgan teartga soxta tibbiy ma’lumotnoma taqdim etgan. O‘sha kuni aktrisa prezident Vladimir Putin tashrif buyurgan Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan xayriya kechki ovqatiga borgan.

Teatr rahbariyati Muti soxta ma’lumotnoma taqdim etgani va unga to‘langan gonorarni qoplashni talab qilib sudga murojaat qilgan. Sud qaroriga ko‘ra, aktrisa 30 ming yevro miqdorida jarima to‘lasa, ozodlikdan mahrum etish jazosidan qutulib qolishi mumkin.

Aktrisa sodir bo‘lgan voqea yuzasidan uzr so‘ragan. U laringofaringit sababli teatrda chiqa olmaganini, Sankt-Peterburgdagi kechgi ovqatda esa gapirish ham zarur bo‘lmaganini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyalik aktrisa Ornella Muti Putin bilan kechki ovqati uchun qamoqqa olinadi