10 yil ichida ilk bor sartaroshga borgan britaniyalik o‘smir Oueyn Tomas turmagi bilan sartaroshni lol qoldirdi, deb yozmoqda Daily Mail'ga tayanib Kun.uz nashri. Nashrning yozishicha, 14 yoshli Oueyn autizmdan aziyat chekadi va har qanday o‘zgarishni og‘ir qabul qiladi hamda sochini qisqartirishdan qo‘rqadi. Bolaning otasi hikoya qilishicha, uning o‘g‘li har doim serferlarniki kabi soch turmagiga ega bo‘lishni xohlagan va sartaroshga borishni rad etib kelgan.
Onasi esa, soatlab soch tolalarini tarashga uringan, yaqinlari sartaroshga borishi kerakligiga ishontirishga harakat qilishgan, ammo barchasi aks samara bergan. Biroq, sinfdoshlarining kulgusiga qolmaslik uchun, u turmagini turli bosh kiyimlar ostida yashirishga uringan.
O‘z vaqtida maktab rahbariyati ham o‘smirning g‘alati soch turmagiga e’tibor qaratgan. Uzoq ko‘ndirish va soch shunchaki tushib qolishi haqida xavotirlardan keyingina Oueyn sartaroshga borishga rozi bo‘lgan.
«Men ilk bor shunday sochga duch kelishim», — degan sartarosh Jim Uilyams.
Uning qayd etishicha, bunday sochni qisqartirish «ko‘proq kartoshkani tozalashga o‘xshagan». Mutaxassis Oueynning imkon qadar ko‘proq sochini saqlab qolishga uringan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi