Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning Cherkassk oblastidagi deputatlar bilan uchrashuviga barcha xohlovchilar kiritilmaganidan norozi bo‘ldi.
U o‘z nutqini mahalliy amaldorlarni tanqid qilishdan boshladi.
"Bu yerga kim kirishi, kim kiritilmasligi qay yo‘sinda aniqlanadi? Ayting-chi, menda shunday savol bor. Bu yerda kim boshliq?" – deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi 112 Ukraina telekanali.
Shuningdek Zelenskiyni oblast prokurorini poraxo‘rlikda ayblagan deputat Mixail Mushiyekning so‘zlari ham hayratga solgan.
"Siz so‘zni prokuror poraxo‘r ekanligidan boshladingizmi? Bu hech qaysi oblast uchun yangilik emas", - degan u.
Zelenskiy mahalliy amaldorlarni bir necha marta tanqid qilgan. Jumladan, iyul oyi boshida Borispol shahar kengashi kotibi Yaroslav Godunokning ilgari sudlangan ekanligini bilganidan so‘ng uni yig‘ilishdan haydab chiqargan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi