19:08 / 04.05.2024
315

“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)

“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Turk kino va seriallari yulduzlarining shaxsiy hayoti muxlislarni doim qiziqtirib kelgan. Ko‘plab davlatlarda mashhurlikka erishgan aktrisalarning ba’zilari kino yulduzlarga emas, balki keng jamoatchilikka mutlaqo notanish insonlarga turmushga chiqqan. Quyida Turkiyaning go‘zal aktrisalari qalbini zabt etgan, ammo ommaga tanish bo‘lmagan insonlarga e’tibor qaratamiz.

Bedri Guntay — Pelin Karaxanning turmush o‘rtog‘i

Foto: Dzen
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Pelin Karaxan va umr yo‘ldoshi Bedri Guntay turmush qurganiga joriy yilda 10 yil to‘ladi. Bedri Pelinning ikkinchi eri. Uning shou-biznesga hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lib, u turizm va restoran biznesi bilan shug‘ullanadi.

Kenan Doulu — Beren Saatning turmush o‘rtog‘i

Foto: Dzen
Turkiyaliklar 2014 yilda turmushga qurgan Beren Saat va Kenan Douluni juda yaxshi taniydi. Ammo Kenanni boshqa mamlakatlarda hech kim san’atkor sifatida bilmaydi. Uning Turkiyada qo‘shiqlari va kliplari mashhurdir.

Pamir Kiraner — Saadat Aksoyning turmush o‘rtog‘i

Foto: Dzen
“Muhtasham yuz yil” serialida Viktoriya rolini ijro etgan Saadat Aksoyning turmush o‘rtog‘i filmlarda deyarli suratga tushmaydi. U Turkiyada seriallar va ko‘rsatuvlar prodyuseri sifatida tanilgan. Juftlik 2014 yilda turmush qurgan.

Jan Oz — Selme Ergechning turmush o‘rtog‘i

Foto: Dzen
Jan Oz vatanida mohir musiqachi, ammo Turkiyadan tashqarida uni hech kim tanimaydi. Selma Ergechning esa butun dunyodan muxlislari mavjud. Juftlik to‘qqiz yil oldin tanishib qolishgan va turmush qurgan. 2016 yilda oila qiz farzand ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)