18:46 / 04.05.2024
306

Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi

Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Paragvay davlati to‘rtinchi divizioni doirasidagi Guarambara shahri chempionatining “25 sentyabr” jamoasi o‘z maydonida “29 sentyabr” klubini qabul qilgan o‘yinda maydonga yugurib chiqqan mehmon jamoa futbolchilari va muxlislariga qarata otishma sodir bo‘ldi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 3 may kuni Paragvayning Guarambara shahrida shahar chempionati o‘yini yakunlanishi arafasida hakamning munozarali qarori “29 sentyabr” jamoa futbolchilari va muxlislarini g‘azablantirgan, ya’ni ular final hushtagi muddatidan erta yangradi deb hisoblagan. Tezkor harakat kuchlari o‘z vaqtida yetib kelgan va rezina o‘qlar otish orqali g‘azablangan olomonni to‘xtatib qolgan.

Qayd etilishicha, shundan so‘ng mehmonlarning ikki muxlisi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, o‘yinni boshqargan hakam esa jamoalardan birining kiyinish xonasida panoh topishga muvaffaq bo‘lgan. Paragvayning Guarambara shahri politsiya departamentining xabar berishicha, tartibbuzarlar o‘yin hakamini o‘ldirishga urinishda ayblangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi