Foto: Xabar.uz
«Boysun bahori» ochiq folklor festivali uchun boysunlik hunarmandlar tomonidan uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil etadigan milliy so‘zana tikildi va ayni paytda festival bo‘layotgan maydonning kirish qismiga osib quyilgan.
"Yangi O‘zbekiston milliy so‘zanasini tikish uchun «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibasi Malika Podshoyeva bosh-qosh bo‘lgan. 100 nafar mohir kashtado‘z jalb etildi, — deydi Surxondaryo viloyati hokimi matbuot xizmati rahbari Murod Davlatov. - Alvon matoga surxoncha naqshlar chizmasini tushirilgan hamda tabiiy usullarda bo‘yalgan kalava iplardan foydalanildi".
Ma’lumot uchun, 2019 yilda Termiz shahrida o‘tkazilgan festivalda boysunlik kashtado‘zlar tomonidan tikilgan dunyodagi eng katta so‘zana ilk bor namoyish etilgan edi. Uning uzunligi 25 metr, eni 6 metr, og‘irligi esa 60 kilogrammni tashkil etgan.
Undan tashqari bugun erta tongdan festival o‘tkaziladigan maydonda havo sharlarini uchirish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryo osmonida amalga oshirilgan ushbu parvoz davomida 20 ta havo shari ko‘kka uchirildi. O‘tgan yili 5000 mexmon kutilgan bo‘lsa bu yil bu raqam 10000 nafarga yetishi kutilmoqda. Festival 7 maygacha davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi