
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 226 tani tashkil etgan. Shundan 4 576 tasi qo‘shma korxonalar va 9 650 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya — 3 019 ta;
Xitoy — 2 501 ta;
Turkiya — 1 886 ta;
Qozog‘iston — 1 102 ta;
Janubiy Koreya — 727 ta;
AQSH — 311 ta;
Tojikiston — 307 ta;
Qirg‘iziston — 280 ta;
Ozarbayjon — 236 ta;
Germaniya — 220 ta;
Turkmaniston — 187 ta.
O‘zbekistonda 2024 yilning 1 fevral holatiga ko‘ra xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 14 ming 199 tani tashkil etgan. Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni poytaxt Toshkentda ko‘proq — 9 240 ta. 2-pog‘onada Toshkent viloyati — 1 597 ta. Kuchli uchlikda Samarqand viloyati joylashgan — 565 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar