07:40 / 04.05.2024
323

Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi

Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
© FB / Irakli Kobakhidze
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze, AQSHning xorijiy agentlar haqidagi qonun borasida qo‘ygan talabi tufayli, tashrifini bekor qildi, deb xabar qildi mamlakat TIV.

"Bugun AQSH elchixonasi tomonidan Gruziya hukumatining yuqori martabali vakillari AQSHga taklif qilingani haqida bayonot e’lon qilindi. Lekin Gruziya ushbu taklifni rad etdi, chunki Gruziya bosh vaziri AQSHga bir shart bilan taklif qilingan edi: u tashrif oldidan Gruziya parlamentida “Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun muhokamasini vaqtincha to‘xtatish kerak edi", - deyladi bayonotda.

Gruziya vazirligi izohiga ko‘ra, shartli ravishda taklif qilish — o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik ruhiga muvofiq emas.

Gruziyadagi xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun
2023 yil 7 mart kuni Gruziya parlamenti xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgan edi. Shundan so‘ng mamlakat poytaxtida ommaviy mitinglar boshlandi, politsiya ularni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlar yordamida tarqatishga majbur bo‘ldi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kunlarda namoyishlarda 133 kishi hibsga olingan. Keyinroq rasmiylar hujjatni qaytarib olishdi.

2024 yilning 3 aprel kuni hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini taqdim etdi. Unda mamlakatda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar o‘z homiylari va moliya manbaalarini ochiq ko‘rsatish, va maxsus davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tish talabi qo‘yilgan.

17 aprel kuni Parlament birinchi o‘qishda qonun loyihasini qabul qilganidan so‘ng, mamlakatda muholifat kuchlari namoyishlari boshlandi. Muxolifat kuchlar qonun loyihasini qaytarib olishni talab qilishmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, ushbu qonun Rossiyanikiga juda o‘xshash.

1 may kuni Gruziya parlamenti xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Shu munosabat bilan Tbilisida har kuni mitinglar o‘tkazilmoqda. Mitinglar tobora kesin tus olmoqda, politsiya va namoyishchilar orasida jarohatlanganlar paydo bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi