
U23 Osiyo chempionatining 3-o‘rni uchun kechgan bahsda Iroq terma jamoasi Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi.
Yarim finalda O‘zbekiston yoshlariga mag‘lub bo‘lgan Indoneziya Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi tikilgan ushbu o‘yinda birinchi bo‘lib hisobni ochdi. Ivar Jenner 19-daqiqada indoneziyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo Iroq terma jamoasi kambek qila oldi. Qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etgan bahs yakunida 2:1 hisobida iroqliklar g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa Iroq terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi.
Endi Indoneziya Parijga borish uchun qit’alararo pley-off bahsida Gvineya to‘sig‘idan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Quyida Iroq – Indoneziya bahsining qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar