Foto: AFP/Getty Images
Rossiya Ichki ishlar vazirligi (IIV) Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni qidiruvga berilganlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Zelenskiy 2024 yil fevralida qidiruvga berilgan, uning qaysi jinoyat ishi bo‘yicha qidirilayotgani aytilmagan.
Shu bilan birga, Ukrainaning sobiq prezidenti Petro Poroshenko ham qidiruvga berilgan.
2023 yil dekabrida Rossiya IIV Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanovni qidiruvga bergan edi.
Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainaning to‘rt nafar harbiy rahbarini, jumladan, Kirill Budanovni ham terrorchilik harakatlari sodir etganlikda sirtdan ayblangan edi. Tergov qo‘mitasi ularni rus nishonlariga uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qilishda ishtirok etgan deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, Budanov Rossiyada terrorchilik jamiyatini yaratish, bir guruh shaxslar tomonidan terakt sodir etish, qurol va portlovchi moddalarni saqlashda ayblangan. Ushbu ayblovlar bo‘yicha Budanov 2023 yil aprel oyida sirtdan hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi