20:19 / 04.05.2024
244

Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)

Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Nexia gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu haqdagi xabar 4 may kuni soat 14:03 da Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasiga tushgan. Fuqaro L.N. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-1 rusumli avtomashina Guliston shahar, “Do‘stlik” mahallasi, Xondamir ko‘chasi yo‘l chetida to‘xtab turgan vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni yorilib ketgan.

Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtomashina salonida hech kim bo‘lmagan. Ushbu hodisa natijasida og‘ir turdagi tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)