19:55 / 04.05.2024
57

Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Foto: Al Jazeera
Indoneziyaning Sulavesi orolida 4 may kuni yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 15 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, halokat zonasidan 115 kishi evakuatsiya qilingan. Uzoq davom etgan yomg‘ir tufayli 100 dan ortiq uy vayron bo‘lgan.

Mamlakatda ortiqcha yomg‘ir yog‘ishi bilan bog‘liq og‘ir iqlim sharoiti yanvar oyidan beri davom etayotgani ma’lum qilingan. Sulavesi orolida vaziyat ancha jiddiy ekani bildirilgan.

Indoneziyaning tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish agentligi matbuot kotibi Abdul Muhariy 4 may kuni bergan bayonotida aytilishicha, toshqindan keyingi yer ko‘chkilari Janubiy Sulavesi shtatidagi Luvu okrugida yuzaga kelgan. Shtatning yana 4 ta hududida shunday holat kuzatilgan.

Janubiy Sulavesi shtatida hozirga qadar 100 dan ortiq kishi masjidlar va qarindoshlarining uylariga evakuatsiya qilingani ma’lum. Hukumat yana 1300 dan ortiq fuqarolarni tezkor evakuatsiya qilishni rejalashtirayotgani aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi