
Belarus sport vazirligi ligasi ikkinchi tur doirasida "Miori" jamoasi "Rossoni"ni 50:0 hisobda taslim etdi.
O‘yin 4 mayda bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar mehmonlarga javobsiz 50 ta gol urishdi — ilk bo‘limda 24 ta, ikkinchisida 26 ta.
Sport vazirligi ligasi — Belarus chempionatining kuch jihatidan uchinchi divizioni.
Belarus futbol federatsiyasi 4 may kuni 6 mayda ligani o‘tkazish formati bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lishini ma’lum qildi. Shu sabab bungacha o‘tkazilgan o‘yinlar turnirdagi ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar