09:43 / 09.08.2019
3 910

Atambayevning taslim bo‘lish borasidagi muzokaralari tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Atambayevning taslim bo‘lish borasidagi muzokaralari tasvirlangan video paydo bo‘ldi
Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Kursan Asanov hamda mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaraning videosi paydo bo‘ldi.

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, Asanov yopiq eshik ortidan Atambayevga «barchasini tugatishni» taklif qilib, unga hech kim teginmasligini va’da beradi. «Meni otib tashlasanglar ham mayli, faqat bolalarga teginmanglar», — deya javob qaytargan sobiq prezident. O‘z navbatida vazir o‘rinbosari hech kim o‘t ochish niyatida emasligini bildirgan.

«So‘z beraman, bu Kursan Asanovning so‘zi. Hech kim ularga teginmaydi. Almaz, bilasan men doim o‘z so‘zimda turganman», — deydi Asanov.
[media=https://youtu.be/Lp2dpAzZ_vk]
Almazbek Atambayevni Bishkek yaqinidagi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyiga amalga oshirilgan uchta hujumdan keyingina qo‘lga olishdi. Birinchi hujum 7 avgust kuni boshlangan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi hujumlar 8 avgusti bo‘lib o‘tdi. So‘nggi hujumda 200 ga yaqin huquq-tartibot idoralarining xodimlari ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atambayevning taslim bo‘lish borasidagi muzokaralari tasvirlangan video paydo bo‘ldi