12:00 / 19.08.2019
2 567

Rossiyada sertifikati boʻlmagan 5 kg dan ortiq mevalarni olib kirish taqiqlandi

Rossiyada sertifikati boʻlmagan 5 kg dan ortiq mevalarni olib kirish taqiqlandi

Joriy yilning 19-avgustidan boshlab, Rossiya hududiga meva, sabzavot va gullar olib kirish boʻyicha yangi qoidalar rasmiy ravishda kuchga kirdi.

Hukumat qaroriga binoan, endi fitosanitariya guvohnomasini rasmiylashtirmagan holda bagaj va qoʻl yukida 5 kilogrammdan ortiq boʻlmagan meva-sabzavot mahsulotlari, uchta guldastadan koʻp boʻlmagan gullarni olib kirish mumkin.

Gullarning katta partiyalari uchun fitosanitariya sertifikatlari talab etiladi, deb xabar bermoqda TASS.

Karantin ostidagi mahsulotlar roʻyxatiga dukkakli oʻsimliklar, yongʻoqlar, sabzavotlar (masalan, pomidor, har xil turdagi karam, sabzi, turp, bodring, har xil turdagi piyoz va ildizmevali ekinlar), archalar hamda ignabargli daraxtlar kiritildi.

Yangi qoidalar transportning barcha turlariga, shu jumladan, suv, havo, temir yoʻl va avtomobil transporti, shuningdek, pochta joʻnatmalariga nisbatan qoʻllaniladi.

Ilgari, karantin ostidagi mahsulotlarni bagaj va qoʻl yukida olib oʻtishda jismoniy shaxslarga fitosanitariya guvohnomalari rasmiylashtirish, agar gap urugʻlik materiallari, shuningdek kartoshka haqida ketayotgan boʻlmasa, talab qilinmagan.

Rosselxoznadzorning tushuntirishicha, ushbu chora Rossiya qonunchiligi normalarini uygʻunlashtirishga qaratilgan. Shunga oʻxshash qoidalar 2017-yil iyul oyidan boshlab YEOIIda amal qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada sertifikati boʻlmagan 5 kg dan ortiq mevalarni olib kirish taqiqlandi