11:56 / 23.08.2019
2 721

Italiyadagi plyajdan 40 kg qumni olib ketishga uringan turistlar qo‘lga olindi

Italiyadagi plyajdan 40 kg qumni olib ketishga uringan turistlar qo‘lga olindi
Foto: Living in Travels
Italiyaning Sardiniya orolida plyajdan 40 kilogramm qumni olib ketishga uringan ikki nafar turist qo‘lga olindi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.
Turistlar olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, yuk jamadonini qum bilan to‘ldirib olgan turistlar Italiyadan Fransiyaga ketishni rejalashtirgan, biroq qo‘lga tushib qolgan. Mahalliy politsiya xodimlari ularning yonida ichiga oq qum solingan umumiy og‘irligi 40 kilogrammga teng butilkalarni topgan. Qonunlarga ko‘ra, oq raqli qumni plyajni olib chiqib ketish taqiqlanadi.

Turistlarning so‘zlariga ko‘ra, ular bu kabi taqiq mavjudligidan bexabar bo‘lgan va qumni uyga suvenir sifatida olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyadagi plyajdan 40 kg qumni olib ketishga uringan turistlar qo‘lga olindi