«Kelin bolalarga maktab sumkasi ulasharkan, ko‘zidan yoshni tiya olmadi» (video)

  • 14 sentyabr 2019, 11:46
  • 1 654
  • Dunyo
  • «Kelin bolalarga maktab sumkasi ulasharkan, ko‘zidan yoshni tiya olmadi» (video)
    Foto: Google Images
    Qozog‘istonda kelin-kuyov to‘y kuni bolalarni xursand qilishga qaror qildi va internet foydalanuvchilarini ta’sirlantirdi, deb yozmoqda Daryo nashri Tengri Mix'ga tayanib.

    Ijtimoiy tarmoqlarda yangi turmush qurganlar to‘y kuni Qozog‘istondagi ta’lim muassasalaridan biriga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilarni ko‘rgani kelgani aks etgan video tarqaldi. Ular quruq qo‘l bilan bormagan. Kelin-kuyov har bir o‘quvchini ismi bilan chaqirib, ularga maktab sumkasi sovg‘a qilgan.

    Videoda bolalar bir qator bo‘lib sovg‘alarini olishni intiqlik bilan kutayotgani aks etgan. Sovg‘a olayotganda esa ular kelin-kuyovni qo‘l berib to‘yi bilan tabriklagan. Kelin bolalarni o‘pa turib ko‘z yoshlarini tiya olmagan. Uning turmush o‘rtog‘i ham bolalarga sovg‘alar ulashgan.
    [media=https://www.facebook.com/video.php?v=490065001828126]
    Tarbiyachilar bunday mehribonchilik uchun yangi oilaga minnatdorchilik bildirgan. Shuningdek, videodan ko‘rinishicha, tarbiyalanuvchilardan biri ularga she’r aytib, qog‘ozdan yasalgan gul va balerina suratini taqdim etgan.

    To‘y Qozog‘istonning aynan qaysi shahrida o‘tkazilganligiga aniqlik kiritilmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Kelin bolalarga maktab sumkasi ulasharkan, ko‘zidan yoshni tiya olmadi» (video)