22:42 / 27.09.2019
2 769

Fransiyada qo‘lga olingan tennischi Xabibulina O‘zbekiston fuqarosi emasligi ma’lum qilindi

Fransiyada qo‘lga olingan tennischi Xabibulina O‘zbekiston fuqarosi emasligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Fransiyada tennischi Albina Xabibulinaning qo‘lga olinishi bo‘yicha izoh berdi.
Vazirlikda ta’kidlanishicha, Xabibulina 2017 yil avgustdan beri O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmaydi.

Avvalroq Fransiya politsiyasi ikki tennischi – Albina Xabibulina va qirg‘izistonlik Kseniya Palkinani kelishilgan uchrashuvlarda gumon bilan qo‘lga olgandi. Dastlab Xabibulina O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytilgan.

Ushbu hibsga olishlar Fransiyadagi musobaqalarda kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan yirik surishtiruvning bir qismiga aylandi. Bu haqda Gotennis xabar bermoqda.

L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq Xabibulina mart oyida Gonnesdagi turnirda o‘tkazilgan o‘yinda atayin mag‘lub bo‘lganini tan olgan. Palkina esa u va pul tikadigan odamlar o‘rtasida vositachilik qilishda gumonlanmoqda. Fransiya rasmiylarining sportchilarga bo‘lgan e’tiborini shubhali pul tikishlarni payqagan britaniyalik bukmekerlar jalb qilgan.

Surishtiruv tufayli Xabibulina va Palkina juftlikda o‘ynashi kerak bo‘lgan Klermont-Ferrandagi ITF musobaqasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada qo‘lga olingan tennischi Xabibulina O‘zbekiston fuqarosi emasligi ma’lum qilindi