12:53 / 01.10.2019
3 554

Pekinda Xitoyning 70 yilligiga bagʻishlangan yirik parad oʻtkazilmoqda (video)

Pekinda Xitoyning 70 yilligiga bagʻishlangan yirik parad oʻtkazilmoqda (video)
Foto: Sinxua
Xitoy poytaxtining Tyananmen bosh maydonida 1-oktyabr kuni Xitoy tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan parad boshlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Unda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ishtirok etmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu harbiy parad soʻnggi 10 yillikdagi eng yirik parad boʻladi. Harbiy paradni boshqarish guruhi rahbarining oʻrinbosari, general mayor Say Chjiszyunning maʼlum qilishicha, paradda qariyb 15 ming askar, 580 dona texnika, 160 samolyot va vertolyotlar ishtirok etmoqda.

Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XXOA) mamlakatdan 22 yil avval tashkil topgan, ammo Xitoyga asos solinishi bilan XXOA tarixida rivojlanishning yangi davr boshlandi va birinchi harbiy parad respublika mustaqalligi eʼlon qilingan 1949-yilda oʻtkazilgan. Shundan buyon harbiy paradlar Xitoy fuqarolari uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham harbiy kuchi va rivojini namoyish etishning muhim elementiga aylandi.

Xitoy 1959-yilgacha paradni har yili oʻtkazgan, keyinroq hukumat uni har oʻn yilda bir marta oʻtkazishga qaror qilgan. Ammo “Madaniy inqilob” (1966—1976) bu anʼanani buzgan. Keyingi parad 1984-yilda Xitoyning 35 yilligini nishonlash doirasida boʻlib oʻtgan. Undan keyingilari esa 1999 va 2009-yillarda oʻtkazilgan. 2015-yilda esa Pekinda Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 70 yilligi munosabati bilan katta parad boʻlib oʻtgan. Bu 1949-yildan beri Xitoy tashkil topgan kun sharafiga uyushtirilmagan birinchi parad boʻldi.

Bu yilgi parad eng katta deb eʼlon qilinganiga qaramay, Tyananmen maydonida 24,2 ming nafar kishi ishtirokida oʻtkazilgan 1950-yilgi parad eng yirigi boʻlgan.

Turli yillarda paradning davomiyligi turlicha boʻlgan. Eng uzoq davom etgani 1949-yildagi parad boʻlib, u 150 daqiqa davom etgan. Bir necha yillar davomida paradlarning davomiyligi 50 daqiqadan oshmagan. 2019-yilgi parad esa 80 daqiqaga moʻljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pekinda Xitoyning 70 yilligiga bagʻishlangan yirik parad oʻtkazilmoqda (video)