22:36 / 01.10.2019
4 281

Qirg‘izistonda Toshkentdagi turmadan qochgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Toshkentdagi turmadan qochgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi
Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjo tumanida O‘zbekistonda og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun qidirilgan o‘zbekistonlik ushlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Botken viloyati ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan 36 yoshli Saydullaxon Abbosov 2010 yilda Toshkentda qotillik, nomusga tegish va bosqinchilik jinoyatlari uchun sudlangan. U 2016 yilda Toshkentdagi turmadan qochib, Qirg‘izistonga o‘tib ketgan. U o‘ziga yangi ism olib, Qadamjo tumanining Ismat Qaqir qishlog‘ida o‘rnashib, oila qurgan.

“Erkak qochib, chegarani noqonuniy kesib o‘tgan. U 2016 yildan Botken viloyatida yashab kelgan, ismi va familiyasini Bekbo‘lat Qo‘shoqovga o‘zgartirgan”, deyilgan xabarda.

Jinoyatchi Qizilqiya shahrida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi xizmat xodimlari tomonidan ushlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Abbosov Qirg‘izistonda ham o‘z qing‘ir ishlarini qo‘ymay, Qizilqiya va Qadamjo shaharlarida yashovchi bir necha kishidan aldov yo‘li bilan umumiy hisobda 300 ming som (4,3 ming dollar) pul olib, qaytarib bermagan. Jabrlanuvchilar uning ustidan militsiyaga shikoyat qilishgan.

Jinoyatchiga nisbatan chegarani noqonuniy kesib o‘tish va firibgarlik ayblovlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda Toshkentdagi turmadan qochgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi