Foto: The Washington Post
Yana bir inson AQSh razvedkasiga prezident Donald Trampning Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbati tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda ikkala xabarchining manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Mark Zeyd ABC News’ga xabar berdi.
Shuningdek, ikkinchi xabarchi razvedka xodimi bo‘lib, birinchi xabarchining shikoyati asosida tayyorlangan ma’lumotlarga ham ega. Ikkinchi ma’lumot beruvchi AQSh razvedka hamjamiyatining bosh inspektori Maykl Atkinson bilan suhbat qilishga ulgurgan.
Avvalroq, The New York Times gazetasi o‘z manbasiga tayanib, Amerika razvedkasining yana bir xodimi Trampning Ukrainaga nisbatan harakatlari sabab shikoyat bildishni o‘ylayotgani haqida xabar bergandi.
Iyul oyida Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida prezidentlik saylovida o‘ziga qarshi kurashadigan Jo Bayden va uning o‘g‘li Hanterga nisbatan surishtiruv ishlarini olib borishni so‘ragani ma’lum bo‘lgandi. Sentyabr oyida esa Kongress demokratlar tomonidan Trampning impichmenti bo‘yicha jarayonlarni boshlab yuborgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi