Foto: Reuters /Joshua Roberts
AQSh prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Turkiya uchun manfaatli shartlar bilan 100 mlrd dollarlik savdo bitimini hamda Anqara S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun unga qarshi kiritilishi kerak bo‘lgan sanksiyalar atrofidagi vaziyatni hal qilishda yordam taklif qildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Nashrning Oq uydagi manbalariga ko‘ra, Tramp o‘tgan hafta Erdo‘g‘anga shu takliflar bildirilgan xat jo‘natgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu takliflar AQSh kongressi a’zolari tanqidiga uchrashi mumkin, chunki kongressmenlar va senatorlar Anqaraga qarshi sanksiyalar kiritishni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Nashrning ma’lum qilishicha, Vashington Suriyadagi amaliyotni to‘xtatish uchun Anqaraga oktyabrda deyarli shunday takliflarni bildirgan, biroq bu urinish samara bermagan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 13 noyabrda AQShga tashrif buyuradi va Donald Tramp bilan uchrashib, qiruvchi samolyotlar, Rossiya va AQSh majmualari S-400 va Patriot’ni sotib olishni hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi