11:10 / 04.12.2019
4 179

Afrikalik talaba 100 yillik jumboqni yecha oldi

Afrikalik talaba 100 yillik jumboqni yecha oldi
Foto: UPFL
Lozanna politexnika maktabining (Shveysariya) tunislik talabasi Vasim Dovudiy 100-yil davomida tushuntirib berila olinmagan fizik hodisaning sababini aniqlay oldi.

Dovudiy vertikal holatda turgan, ichida suyuqlik boʻlgan quvurda havo pufagi gazli suv butilkasi qopqogʻi ochilgandagi kabi yuqoriga koʻtarilmay, joyida turishining sababini aniqladi.

Aniqlanishicha, havo pufagi avval taxmin qilingandek quvurga yopishib turmay, balki juda sekin harakatlanadi. Bu harakatni oddiy koʻz bilan ilgʻab boʻlmaydi. Bundan tashqari, talaba pufak va suyuqlik orasida juda yupqa qatlam borligini aniqlagan. Aynan shu qatlamning koʻrsatkichlari havoning yuqoriga koʻtarilish-koʻtarilmasligiga taʼsir qiladi.

Ushbu yupqa qatlam oʻlchami millimetrning milliondan bir ulushini tashkil qiladi. Talaba buni aniqlash uchun quvurdagi pufakka nur yoʻnaltirgan va quvurning ichki sirtidan qaytgan yorugʻlik bilan pufak sirtidan qaytgan yorugʻlik oʻrtasidagi interferensiyani tahlil qilib, pufak va quvur orasidagi suyuqlik qatlamini aniq oʻlchay olgan.

Taʼkidlanishicha, ushbu ilmiy ish natijalari kelgusida suyuqliklarning nanodiapazonda harakatlanishida hosil boʻluvchi hodisalarni oʻrganishda asqotishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikalik talaba 100 yillik jumboqni yecha oldi