date

Daniya aholisiga mashinadan kam foydalanishga chaqirdi

Daniya aholisiga mashinadan kam foydalanishga chaqirdi

Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskin vaziyat va urush xavfi jahon energetika bozoriga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan Lars Agaard mamlakat fuqarolariga energiyani tejash bo‘yicha murojaat qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda imkoniyat bo‘lsa, avtomobildan kamroq foydalanish muhim. U daniyaliklarga zarur bo‘lmagan holatlarda mashina haydamaslikni iltimos qildi. Bu orqali yoqilg‘i sarfini qisqartirish va energiya resurslarini tejashga erishish mumkin.

Rasmiyga ko‘ra, Daniya hukumatining asosiy maqsadlaridan biri — mavjud energiya zaxiralaridan oqilona foydalanish. Shu sababli mamlakat hozirda o‘zining neft zaxiralaridan faolroq tarzda foydalanishni boshlagan.

Ayni paytda jahon bozorida neft narxlari keskin ko‘tarilmoqda. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, bir barrel neft qiymati allaqachon 100 dollardan oshib ketgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Daniya aholisiga mashinadan kam foydalanishga chaqirdi