Goal portali Chempionlar Ligasi favoritlari reytingini yangiladi

Britaniyaning Goal sport portali UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun asosiy favoritlarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu yangi ro‘yxat nimchorak finalning dastlabki o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng tuzildi.
So‘nggi baholashlarga ko‘ra, hozirda "Bavariya" nufuzli Yevropa kubogini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Nemis gigantidan keyingi ikkinchi o‘rinni "Arsenal" egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Fransiyaning "PSJ" klubi yakunlab bergan.
Kuchli o‘nlikning qolgan qismidan Yevropaning yana bir nechta yirik klublari joy olgan. "Real Madrid" va "Barselona" mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallagan. Ulardan keyin "Atletiko", "Liverpul" va "Manchester Siti" bormoqda. Qiziqarlisi shundaki, nashr tomonidan taqdim etilgan kengaytirilgan reytingning kuchli o‘n oltiligiga "Budyo-Glimt", "Galatasaroy", "Chelsi", "Nyukasl", "Bayer", "Sporting", "Tottenxem" va "Atalanta" kabi jamoalar ham kiritilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!