Maduro qamoqda kechalari «Men prezidentman!» deya baqirmoqda

ABC News tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Maduro hozirda Nyu-Yorkdagi federal qamoqxonada saqlanmoqda va u tungi paytlarda baland ovozda «Men prezidentman!» deb baqirayotgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u Nyu-York shahridagi federal jazo muassasasida alohida kamerada saqlanmoqda. U joylashtirilgan xona taxminan 3x2 metr atrofida bo‘lib, unda temir karavot va kichik deraza mavjud.
Xabarlarda ta’kidlanishicha, u yerdagi sharoit ancha cheklangan. Maduroga hafta davomida faqat uch marta jismoniy mashqlar bajarish imkoniyati beriladi.
Manbalarning bildirishicha, uning kundalik hayoti qat’iy tartib-qoidalar asosida olib borilmoqda. Kameradan chiqish vaqti ham cheklangan bo‘lib, bu holat sobiq rahbarning ruhiy holatiga ham ta’sir ko‘rsatayotgani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!