date

Mujtaba Xominaiy og‘ir yaralangani haqida xabarlar tarqaldi

Mujtaba Xominaiy og‘ir yaralangani haqida xabarlar tarqaldi

Buyuk Britaniyada chiqadigan The Sun nashri Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xominaiy salomatligi bilan bog‘liq jiddiy ma’lumotlarni e’lon qildi. Nashr bu xabarni Eron rahbariga yaqin bir nechta manbalarga tayanib tarqatgan.

Manbalarning aytishicha, 56 yoshli Mujtaba Xominaiy og‘ir jarohat olgan. U kamida bir oyog‘idan ayrilgani, shuningdek, oshqozon yoki jigar sohasi jiddiy shikastlangani aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, u hozirda Sina universiteti muassasasining jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. Xabarlarda qayd etilishicha, binodagi ayrim qismlar to‘liq o‘rab olingan va atrofda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari joriy etilgan.

Nashrga ko‘ra, tibbiyot muassasasi hududida xavfsizlik tizimi kuchaytirilgan bo‘lib, u yerga kirish-chiqish qattiq nazorat ostiga olingan. Bu holat Eron rahbarining salomatligi atrofidagi vaziyat jiddiy ekanidan darak berayotgani ta’kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Mujtaba Xominaiy og‘ir yaralangani haqida xabarlar tarqaldi