Sudan poytaxti Xartum shahri sudi mamlakatning sobiq prezidenti Umar al-Bashirni korruptsiya, noqonuniy sovg’alar olish va xorijiy valyuta saqlashda ayblab, ikki yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Joriy yilning aprel oyida hukumatdan ag’darilgan al-Bashir muddatni qamoqda emas, axloq tuzatish koloniyasida o’taydi, chunki Sudandagi qonunlarga ko’ra 70 yoshdan oshgan kishi qamoqqa jo’natilmaydi.
Sud shuningdek, to’ntarish vaqtida prezident qarorgohidan topilgan pullarni musodara qilishga qaror chiqargan. O’shanda tergovchilar qarorgohdan 6 mln yevro, 351 ming dollar va 5 mlrd sudan funti (105 mln dollar atrofida) miqdoridagi pulni olib ketishgandi.
Sud jarayoni vaqtida al-Bashir pullarning asosiy qismi Saudiya Arabistoni podshohligining valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmondan kelgani haqida ma'lumot bergandi. Sobiq prezident pullarni o’z ehtiyojlariga emas, xayriya maqsadida sarflab kelganini ta'kidlagan.
Umar al-Bashir sud hukmini milliy oq libos kiygan va boshiga salla o’ragan holda tinglagan. U sud hukmiga e'tiroz bildirmagan.
Sud qarori chiqarilishi arafasida sobiq prezidentning yuzlab tarafdorlari Xartumdagi prezident saroyi oldida to’planishdi. Bu hududga harbiylar va harbiy texnika joylashtirilgan, saroyga kirish yo’li va Mudofaa vazirligi binosiga olib boradigan yo’l to’sib qo’yilgan.
Sobiq prezidentning advokatlaridan biri sud hukmiga apellyatsiya berilishini bildirgan. «Sud ya siyosiy sabablarga ko’ra hukm chiqardi, ammo shunga qaramay biz hali Sudandagi sud tizimiga ishonamiz», degan u jurnalistlarga.
Umar al-Bashir shu yilning bahoridan buyon hibsda tutib turilibdi. Aprelda mamlakatda to’rt oy davom etgan namoyishlardan keyin davlat to’ntarishi ro’y bergan va mamlakatni 30 yil boshqargan prezident hokimiyatdan ketkazilgandi. Hozirda Sudanni bosh vazir boshchiligidagi hukumat va suveren kengash boshqarmoqda.
Al-Bashirga 2018 yil dekabridan 2019 yil apreligacha davom etgan norozilik namoyishlari vaqtida namoyishchilarning o’ldirilishi bo’yicha ham ayblov qo’yilgandi.
Muvaqqat hukumat Bashirni Gaagadagi xalqaro jinoiy sudiga topshirmaslikka qaror qildi. Xalqaro tribunal uni Darfur hududida yuz minglab odamlarning o’ldirilishi, genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda.
Gap 2003-2006 yillarda muxolifat isyonchilari va hukumat o’rtasidagi nizo haqida ketmoqda. BMT hisobotiga ko’ra, bu ziddiyat vaqtida qariyb 400 ming kishi halok bo’lgan, 2,7 mln kishi o’z uylarini tark etishga majbur bo’lgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi