14:00 / 17.01.2020
3 150

Ukraina bosh vaziri iste’foga chiqmoqda — sababi mana shu audioda

Ukraina bosh vaziri iste’foga chiqmoqda — sababi mana shu audioda
Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharuk iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi va uni prezidentga topshirdi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar tarqatgan.
35 yoshli Goncharuk 2019 yil avgustidan buyon Ukraina hukumatiga rahbarlik qilib kelayotgandi. U mamlakat tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘lgandi.

15-16 yanvar kunlari «Kak obmanut prezidenta» yutub-kanalida uchta audioyozuv tarqaldi, ularda Ukraina bosh vaziri ekani aytilgan ovoz sohibi Milliy bank rahbari va Moliya vaziri bilan birga mamlakat iqtisodiy siyosatini muhokama qilgani, ular prezident Vladimir Zelenskiyning layoqatsizligi haqida gaplashishgani aks etgandi. «Bi-bi-si»ning yozishicha, bu yozuv 2019 yilning 16 dekabrida ukrainalik amaldorlarning norasmiy uchrashuvi vaqtida yozib olingandi.

Keyin esa Goncharuk feysbukda quyidagilarni yozdi:
«Men prezident dasturini bajarish uchun lavozimga kelganman. U men uchun ochiqlik va vijdonlilik namunasidir. Biroq bizning prezidentga hurmat va ishonchimiz borasidagi barcha gumonlarni olib tashlash uchun, men prezidentga parlamentga topshirish huquqi bilan iste’foga chiqishim haqida ariza yozdim».

Ma’lumot uchun: Aleksey Goncharuk 1984 yil 7 iyulda tug‘ilgan (35 yoshda). 2019 yili, 34 yoshida Ukraina tarixidagi eng yosh bosh vazirga aylangandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina bosh vaziri iste’foga chiqmoqda — sababi mana shu audioda