date

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasi haqida fikr bildirdi

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasi haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro FIFA Series 2026 turniridagi hal qiluvchi bahsdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, Venesuelaga qarshi (0:0, penalti 5:4) o‘yin jamoa uchun mazmunli va samarali bo‘ldi.

«O‘ylashimcha, juda yaxshi bahs bo‘ldi. Biz maydonni nazorat qildik va asosiy vaqtda hisob ochish uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratdik, ammo ularni golga aylantirolmadik. Yigitlarga rahmat, ular irodali va intizomli o‘yin namoyish etishdi. Qisqa muddatda ikki uchrashuvni yutish uchun ruhan hamda jismonan kuchli bo‘lish kerak», — dedi italiyalik mutaxassis.

Kannavaro jamoa o‘yinini tahlil qilib, yuqori pressing va yakkakurashlardagi ustunlikni eʼtirof etdi. «O‘yinni juda yaxshi boshladik. Yuqori pressing qildik, yakkakurashlarda ustun keldik. Himoyada hamma futbolchilar bir-biri bilan uyg‘unlikda harakat qilishi zarur. Himoya faqat himoyachilarning vazifasi emas, yarim himoyachilar bilan ham integratsiya zarur», — dedi u.

Standart vaziyatlar masalasiga ham to‘xtalar ekan, Kannavaro uning uchun ko‘p vaqt yo‘qligini, ammo Otabek Shukurov va Aziz G‘aniyev kabi standartlarni yaxshi bajaradigan futbolchilar borligini taʼkidladi. Jismoniy tayyorgarlik borasida esa u futbolchilarning superligadagi tajribasi bilan munosabatda yuz bergan yaxshilanishlarni qayd etdi va yozgacha ularning formada bo‘lishini kutib turganini maʼlum qildi.

«Standart vaziyatlar? Bu borada ishlashga vaqtimiz ko‘p emas, lekin yigitlarga kerakli ko‘rsatmalarni berdik. Bizda standartlarni yaxshi ijro etadigan ikki futbolchi bor: Otabek Shukurov va Aziz G‘aniyev.

Jismoniy holat? Bu borada ishlayapmiz, yaxshilanyapmiz. Superligadagi futbolchilar endi 4 ta tur o‘tkazdi, yozgacha ular jismoniy holatini yana-da yaxshilaydi.», — dedi italiyalik mutaxassis.

Darvozabon Abduvohid Neʼmatovning ishtirokini ham sharhlab, Kannavaro uning maydonga tushishi penalti uchun emas, rejalashtirilgan asosiy qaror ekanligini taʼkidladi. Shu bilan birga, u yoshlar skautingi va kelajakdagi jamoa rivojiga alohida ahamiyat qaratmoqda.

Bosh murabbiy jahon chempionatida vaziyat o‘zgacha bo‘lishini, unda tezlik va raqobat darajasi baland ekanligini taʼkidladi.

«Jahon chempionati? U yerda boshqacha bo‘ladi, o‘rtoqlik o‘yinlaridan farq qiladi. Mundialda tezlik yuqori. Ammo kelganimdan beri milliy jamoada faqat o‘sishni ko‘ryapman.», — dedi Fabio Kannavaro.

Kannavaro Superligadagi tig‘iz taqvim va mavsum boshidagi jarohatlar oddiy holat, deb hisoblaydi va futbolchilarning uzoq muddatli samaradorligi uchun tibbiy va texnik ishlarni kuchaytirgan.

«Superligadagi tig‘iz taqvim va jarohatlar? Mavsum boshida jarohatlar bo‘lishi — normal holat. Biz tibbiy shtabni ham kuchaytirdik, mutaxassislarni jalb qildik. Futbolchilarni uzoq muddat yaxshi darajada o‘ynay olishi uchun harakat qilyapmiz. Bizga ularning vaqtinchalik emas, uzoq vaqt yuqori darajada o‘ynashi muhim. Albatta, yigitlar ham uyqu va tartibga amal qilishi kerak», dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida Gabon (3:1) va Venesuelani (0:0, pen. 5:4) mag‘lub etib, turnir g‘olibi bo‘ldi. Ushbu natija milliy jamoa uchun katta maʼnoga ega bo‘lib, kelajakdagi xalqaro musobaqalarda ham O‘zbekistonni umidli deb hisoblashga asos beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasi haqida fikr bildirdi