date

Jurnalist: "Prezident Tramp, sizni qanday eslab qolishlarini xohlaysiz?"

Jurnalist: "Prezident Tramp, sizni qanday eslab qolishlarini xohlaysiz?"

AQSH prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida o‘z faoliyati va tarixda qanday iz qoldirmoqchi ekani haqida fikr bildirdi.

Jurnalist unga: “Sizni qanday inson sifatida eslab qolishlarini istaysiz?” degan savol yo‘llandi.

Tramp ushbu savolga javoban o‘zini tinchlik yo‘lida katta ishlar qilgan siyosatchi sifatida ko‘rishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha yillar davom etgan qator qurolli urushlarni bartaraf etishga hissa qo‘shgan.

“Men sakkizta urushni hal qilishga erishdim. Ular uzoq yillar davom etgan va har yili ko‘plab insonlar qurbon bo‘ladigan urushlar edi. Shuning uchun men millionlab odamlarning hayotini saqlab qoldim, deb o‘ylayman”, — dedi u.

Shu bilan birga, Tramp kelajakda uni qanday xotirlashlari haqida ham o‘z istagini bildirdi:

“Mening eng katta orzum — meni buyuk tinchlikparvar sifatida eslab qolishlari”, — deya ta’kidladi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Jurnalist: "Prezident Tramp, sizni qanday eslab qolishlarini xohlaysiz?"