09:05 / 18.01.2020
2 211

Zelenskiy bosh vazir iste’fosini qabul qilmadi

Zelenskiy bosh vazir iste’fosini qabul qilmadi
Foto: RIA Novosti / Stringer
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosh vazir Aleksey Goncharuk bilan uchrashuvda mojaroli audioyozuvlar bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi va Goncharukning iste’fosini qabul qilmadi.

Men sizdan iste’foga chiqish haqida ariza oldim. Oxirgi mojaroli vaziyat sababli men sizga va hukumatingizga, agar siz jamoatchilikni tashvishlantirayotgan ba’zi narsalarni hal qila olsangiz, yana imkoniyat berishga qaror qildim”, deb aytgan Zelenskiy uchrashuvda.

Ukraina prezidenti bosh vazirga qo‘yayotgan vazifalar orasida vazirliklar va davlat kompaniyalarida mehnatga haq to‘lashning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish bor.
Zelenskiy hukumat a’zolarini noprofessional va nohalol deb hisoblamasligini, biroq Goncharuk bilan birga “hukumatni kuchaytirmoqchi ekanliklarini” aytgan.

Men siz bu hukumatni qanday tanlaganingiz, siz va ular bilan gaplashganimiz esimda. Shu sababli sizdan hukumatdagi zaif joylarni topishni va u yoki bu rahbarni uning malakasi haqidagi ma’lumotlarga tayanib almashtirishni so‘rayman”, deb ta’kidlab o‘tgan Ukraina yetakchisi.

Avvalroq YouTube’da Goncharukning hukumat a’zolari bilan uchrashuvidan yozib olinganligi ta’kidlangan audioyozuv paydo bo‘lgan. Unda go‘yoki Goncharuk Zelenskiyni “juda oddiy fikrlovchi, iqtisodiy sohada hech narsani tushunmaydigan noshud” deb atagan.

Shu mojaro sababli Goncharuk 17 yanvarda iste’foga chiqishga ariza yozgan. U 3 daqiqali vdeomurojaat bilan chiqib, audioyozuvning haqiqiyligini na tasdiqlagan va na rad etgan. Uning ta’kidlashicha, audioyozuv montaj qilingan.

Zelenskiy huquq-tartibot idoralariga audioyozuvni kim tayyorlagani va internetga joylaganini aniqlash uchun ikki hafta muhlat berdi.
Goncharuk Ukraina hukumatiga 2019 yil 29 avgustdan rahbarlik qiladi. Bungacha u prezident ofisi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy bosh vazir iste’fosini qabul qilmadi