21:09 / 25.04.2024
117

AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi

AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi
Foto: BBC
AQSHda 25 aprel kuni mamlakat bo‘ylab G‘azodagi urushga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan yuzlab talabalar hibsga olingan. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, mamlakatning turli qismlaridagi oliygohlar kampuslarida ommaviy harakatlar boshlangan. Talabalar dasrlarni tark etib, ijtimoiy harakatda ishtirok etishni boshlashgan.

Boston politsiyasining CBS News nashriga ma’lum qilishicha, birgina Emerson kollejining o‘zida 108 nafar talaba hibsga olingan. Avvalroq Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetida ham 93 nafar talaba hibsga olingan edi.

Namoyishchilar va politsiya xodimlari Ostindagi Texas universitetida ham to‘qnashgan. Mazkur universitetda ham 34 kishi hibsga olingan.

Qo‘shma Shtatlardagi universitetlarda noroziliklarda qatnashgan talabalar soni ko‘payib bormoqda. Ular Isroilning G‘azodagi harbiy kampaniyasiga qarshi norozilik bildirish uchun darslarni tark etib, kampuslarga joylashib olishgan.

Hibsga olishlar Kolumbiya, Yel va Nyu-York universitetlarida ham kuzatilgan. Politsiya xodimlari kampus markazidagi Falastin tarafdorlari lagerini bo‘shatib, namoyishchilarning to‘planishiga to‘sqinlik qilgan.

Boston politsiyasining CBS telekanaliga ma’lum qilishicha, ushbu shahardagi talabalar harakatida uch nafar zobit yaralangan. Ulardan biri og‘ir ahvolda. Namoyishchilardan hech kim jabrlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi