Foto: AP
Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy 17 yanvarda 8 yil ichida ilk bor maviza o‘qidi va unda Ukraina samolyoti halokati hamda AQSH bilan munosabatlarga izoh berib o‘tdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Xominaiy o‘z mavizasida general Qosim Sulaymoniyning “shahidlarcha o‘lganini” va Eronning general o‘limi uchun AQSHdan o‘ch olganini eslab o‘tgan.
Eron oliy yetakchisi AQSH amaldorlarini “AQSH Eron xalqi bilan birga ekanini aytganda yolg‘on so‘zlaydignn masxarabozlar” deb atagan.
“Agar siz [amerikaliklar] Eronga yaqin turgan bo‘lsangiz ham, buni Eron xalqi ko‘kragiga pichoq urish istagida qilasiz”, deb aytgan Xominaiy.
Oyatulloh Tehronda eronlik harbiylar aybi bilan yuz bergan aviahalokat qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirgan va xorijiy matbuotni samolyot yo‘q qilinganini aytib eronliklarni aldashga uringanlikda ayblagan.
“Dushmanimiz yutuqlarimizga soya solish uchun fojiadan foydalanishga harakat qildi”, deb aytgan Xominaiy.
U, shuningdek, yadro kelishuvi bo‘yicha Fransiya, Germaniya va Britaniya bilan keskinlik borligini aytib o‘tgan.
“Yevropaning bu davlatlari Amerika qarollari ekani aniq bo‘ldi... Biroq siz, Yevropa davlatlari shuni yodda tutishingiz kerakki, Amerika Eron millatini tiz cho‘ktira olmagan”, deb ta’kidlagan oyatulloh. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi