18:00 / 19.02.2020
3 220

Belgiyada arxeologlar inson bosh suyaklaridan yasalgan devorlarni topishdi

Belgiyada arxeologlar inson bosh suyaklaridan yasalgan devorlarni topishdi
Belgiyalik arxeologlar Gent shahridagi Avliyo Bavon soborida olib borilgan qazishmalar paytida odam suyaklaridan yasalgan devorlarni topdilar, deb yozadi The Brussels Times.
Nashrning ta’kidlashicha, devorlar asosan katta yoshdagi odamlarning oyoq suyaklaridan iborat bo‘lib, ular orasidagi bo‘shliq esa bosh suyaklari bilan to‘ldirilgan.

Bu topilmalarning ba’zilari XV asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi, ammo arxeologlar "suyak devorlari" paydo bo‘lish vaqtini XVII - XVIII asrlarga taalluqligini ta’kidlashmoqda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu devorlar yangi dafn marosimlarini o‘tkazish maqsadida, qabristondagi tozalash paytida qadlangan bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bunday tozalash bilan ko‘milganlarning qoldiqlari tashlanmagan, balki ossuarlarga yoki suyaklarning saqlash uchun maxsus joylarga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgiyada arxeologlar inson bosh suyaklaridan yasalgan devorlarni topishdi