To‘ng‘iz muchalida tavallud topganlarni 2019 yilda nimalar kutmoqda?

  • 09 yanvar 2019, 07:43
  • 1 752
  • Hayot tarzi
  • To‘ng‘iz muchalida tavallud topganlarni 2019 yilda nimalar kutmoqda?
    To‘ng‘iz: (1911, 1923, 1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019)

    UMUMIY TA’RIF
    To‘ng‘iz muchalida tavallud topganlarni 2019 yili eng baxtli va unumli lahzalar kutib turadi. Muhabbatda, moliya masalasida sizga yetadigani bo‘lmaydi inshoolloh. Jamiyatda ham obro‘ingizga obro‘ qo‘shilishi uchun faol va odamshavanda bo‘ling. Ayrimlar 2019 yil boshida shaxsiy biznesini ochish payida bo‘ladi.

    Oila qurmaganlar yil davomida albatta o‘ziga yoqib tushadigan insonni uchratadi va baxtli hayot quradi. Oilalilar jufti bilan ahil, qarindoshlar bilan qaynoq munosabatda bo‘ladi.

    SALOMATLIGI
    To‘ng‘iz muchalida tug‘ilganlar to‘ng‘iz yilida salomatligidan deyarli shikoyat qilmaydi. Faqat yil mobaynida faol bo‘lishingiz, to‘g‘ri ovqatlanishingiz, organizmni jismoniy zo‘riqishlardan asrashingiz tavsiya qilinadi. Bularsiz salomatligingizga putur yetadi. Meva hamda sabzavotlar iste’molini ko‘paytiring. Zararli mahsulotlarni iste’mol qilmang. Oshqozoningizni ishdan chiqaradi.

    Sport bilan faol shug‘ullanishga, velosipedda sayr qilishga alohida e’tibor qarating. Shunda sizga jiddiy xastaliklar xavf solmaydi.

    AYoLLAR
    To‘ng‘iz muchalining ayol vakillari uchun ham 2019 yil omadli keladi. Shaxsiy hayotingizdan tortib ishingizgacha muvaffaqiyatlar sizni tark etmaydi.

    Yolg‘iz ayollar, hali turmushga chiqmagan qizlar shuni bilsinlarki, yopiq eshikni baxt taqillatib o‘tirmaydi. Shuning uchun ko‘ngil eshigini lang ochib qo‘yishingiz tavsiya qilinadi.
    Ishda asosan qalbingizga quloq tuting. U sizga muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini ko‘rsatib turadi. Qalbingiz aldamaydi.

    ERKAKLAR
    To‘ng‘iz muchalida tavallud topgan erkaklar 2019 yili o‘ta faol va omadli insonlarga aylanishadi. Neki ish boshlasangiz, faqat g‘alabaga erishasiz. Yo‘lingizda duch keladigan to‘siqlarni yengib o‘tish uchun kuchingiz ham, imkoniyatlaringiz ham yetarli bo‘ladi. Qat’iy qaror chiqarishga sira ikkilanmang. Moddiy ahvolingiz ham yil bo‘yi sizni mahtallik domiga tashlab qo‘ymaydi. Doimo yoningizda pul bo‘ladi. Ammo tejab ishlating. Pulning esi yo‘q. Erk bersangiz, sizni tashlab ketaveradi.

    Shaxsiy hayotda yetakchilikni o‘z qo‘lingizga olish payida bo‘ling. Faqat qudratingizni birovlarga ko‘z-ko‘z qilishga urinmang. Oila qurmaganlar esa sal muloyimroq bo‘lsinlar. Shunda baxtni cho‘chitib yubormaysiz.

    Manba: Hordiq.uz

    » » To‘ng‘iz muchalida tavallud topganlarni 2019 yilda nimalar kutmoqda?