08:30 / 14.11.2019
3 469

"Erim tajovuzkor bo‘lib qolgani uchun unga ishonmay qo‘ydim..."

"Erim tajovuzkor bo‘lib qolgani uchun unga ishonmay qo‘ydim..."
"Turmush qurganimizga ham roppa-rosa besh yil bo‘libdi. Shu yillar mobaynida turli xil qiyinchiliklarga duch keldik: moliyaviy, uy-joy masalasi, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan homiladorlik...
Nikohimizning uchinchi yilidan boshlab bir birimizga bo‘lgan munosabat keskinlashib bordi. Kichik narsalardan ham kamchilik topadigan bo‘lib qoldi. Ko‘pincha janjallashib qolgan paytimiz u ajralish haqida so‘z ochadigan bo‘ldi. Men bilan janjallashgan payt qo‘limdan qattiq ushlab olardi. O‘zining tajovuzkorligini kun sayin ko‘rsatib borar edi. So‘nggi ikki yil mobaynida bunday holatlar tez-tez takrorlanib turdi. Oxirgi janjalimizda unga uyni tark etishini aytdim.
So‘ng, u ota-onasining uyida tunab qoldi. Bir, ikki kundan keyin qaytib keldi va gaplashib oldik. Lekin hech qanday jiddiy qaror qabul qilmadik. Menga o‘ylash uchun vaqt kerak bo‘ldi.
Hozirda turmush o‘rtog‘im deyarli tajovuz qilmay qo‘ydi. Ammo endi unga bo‘lgan ishonchim so‘ndi. Avvallari biz farzand ko‘rishni rejalashtirar edik. Endi esa, bunga shubham bor. Ehtimol, bunday holatga tushishimga eski xotiralar sabab bo‘lsa kerak", - deydi 29 yoshli Oksana.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Erim tajovuzkor bo‘lib qolgani uchun unga ishonmay qo‘ydim..."