11:26 / 15.12.2019
11 713

Nima uchun qargʻalar eng aqlli qush hisoblanadi?

Nima uchun qargʻalar eng aqlli qush hisoblanadi?
Qarg‘alar ayyor bo‘lishiga qaramay, ular biz o‘ylaganimizdan ancha zakovatlidir.
Oksford universiteti olimlari bitta qarg‘a olib u ustida tekshiruvlarni amalga oshirishganda ular hayratda qolishdi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, “Bety“ deb ataluvchi bu qarg‘a o‘zining qafasidagi ba’zi simlarni olib qandaydir ilmoqli asbob yasagan. Bu asbob uning uchun ovqat solinadigan idish edi.

Yangi kaledoniyalik qarg‘alar korvid qushlar oilasiga kiradi. So‘nggi yillarda ushbu qushlarning miyalari har qachongidan ko‘ra ko‘proq o‘rganilmoqda. Hech shubha yo‘qki, ularning ba’zilari ta’sirchan kognitiv qobiliyatlarga egaligi tasdiqlanmoqda.
Aql-idrok miyada amalga oshadigan jarayondir. Aqlli primatlar, shu jumladan odamlar - miyalarida neokorteks deb nomlangan ma’lum bir tuzilishga ega. Bu esa bilimlarni qabul qilishga yordam beradi deb o‘ylashadi. Korvidlar, xususan, bunday tuzilishga ega emaslar. Ammo, buning o‘rniga ularda xuddi shunday aqliy xususiyatni ta’minlaydigan zich joylashgan neyronlar to‘plami mavjuddir?

Ba’zi qushlar, Yangi kaledoniyalik qarg‘alar kabi ajoyib ishlarni amalga oshirishi mumkin.

Izlanishlar oqibatida qarg‘alar o‘zlariga kerak bo‘lgan o‘simlikni har qanday holatda ham topa olishadi hattoki, ular boshqa o‘simlik barglari bilan yopilib qolgan bo‘lsa ham. Bundan ko‘rinib turibdiki, ular aynan o‘zlarining maqsadi yo‘lida harakat qiladi.
Biz o‘ylaymizki, faqat inson ongli mavjudot deb. Lekin shunday bir mustasno holatlar ham birki, ularni inkor qilib bo‘lmayd.

Garvard universitetidagi Dakota Makkoyning aytishicha, shimpanzelar odamlarga qaraganda qisqa muddatli xotiralarga ega ekanligi isbotlangan. Bu ularga o‘rmonda joylashgan oziq-ovqatlarni izlab topishga yordam berishi mumkin.
Ruttsning ta’kidlashicha, qarg‘alarning aqlini tahlil qilishda «hayvonning evolyutsiyasiga e’tiborsiz bo‘lib bo‘lmaydi».

Yangi kaledoniyalik qarg‘alar turli xil narsalardan foydalanish qobiliyatini rivojlantirgan insondan keyingi o‘rinda turuvchi hayvondir. Ushbu xususiyatlarni yana boshqa turdagi hayvonlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, shimpanze, to‘tiqush, alligator va hatto qisqichbaqalar ham.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun qargʻalar eng aqlli qush hisoblanadi?