date

Madrid hokimining boshiga kaptarning axlati tushdi (video)

Madrid hokimining boshiga kaptarning axlati tushdi (video)

Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan rasmiy tadbirda noodatiy holat yuz berdi. Shahar meri nutq so‘zlayotgan vaqtda to‘satdan osmonda uchib yurgan kaptar uning boshiga najosat chiqarib yubordi. Bu kutilmagan voqea marosim ishtirokchilari va mehmonlar orasida hayrat va biroz kulgiga sabab bo‘ldi.

Voqea Madridda so‘z erkinligi yo‘lida halok bo‘lgan insonlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik ochilish marosimi vaqtida yuz berdi. Aynan muhim va tantanali daqiqada sodir bo‘lgan bu holat tadbir muhitiga noodatiy tus berdi.

Ko‘plab madaniyatlarda kaptarning bunday “belgisi” tasodif emas, balki omad va boylik ramzi sifatida talqin qilinadi. Shu sababli ayrim mehmonlar bu holatni ijobiy ishora sifatida qabul qilgan bo‘lsa, boshqalar esa uni faqat kulgili va noqulay holat sifatida baholashdi.

Qanday bo‘lmasin, ushbu voqea tezda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar turli hazillar va izohlar qoldirib, bu holatni turlicha talqin qilishdi.

Shu tariqa oddiy ko‘ringan tadbir, kutilmagan va esda qolarli voqeaga aylanib, ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga tortdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Madrid hokimining boshiga kaptarning axlati tushdi (video)