Natanzdagi zarba: uran majmuasiga hujum qilindi

21 mart kuni ertalab AQSH va Isroil Natanz shahridagi Shahid Ahmadian-Roshun uran boyitish majmuasiga zarba berdi. Hujum obyekt infratuzilmasiga ma'lum darajada zarar yetkazgan bo'lishi mumkin, biroq radioaktiv moddalar tashqi muhitga sizib chiqmagan, atrofdagi aholi uchun xavf aniqlanmagan va radiatsion holat barqaror qolmoqda.
Eron Atom energiyasi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 21 mart kuni ertalab AQSH va Isroil tomonidan Natanz shahrida joylashgan Shahid Ahmadian-Roshun uran boyitish majmuasiga zarba berilgan.
Ma’lumotlarda qayd etilishicha, mazkur hujum davomida obyekt infratuzilmasiga ma’lum darajada zarar yetkazilgan bo‘lishi mumkin. Biroq o‘tkazilgan texnik baholash natijalariga ko‘ra, hech qanday radioaktiv moddalar tashqi muhitga sizib chiqmagan.
Tashkilot rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, atrofdagi aholi uchun hozircha xavf yo‘q va hududda radiatsion holat barqaror saqlanmoqda. Shu bilan birga, aholi xavfsizligi bo‘yicha doimiy nazorat olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Eron Atom energiyasi tashkiloti bu hujumni qat’iy qoralab, uni xalqaro huquq me’yorlari hamda xalqaro majburiyatlarni buzish deb baholadi. Xususan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalariga zid harakat sifatida ko‘rsatildi.






























Izohlar 0
…